Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi
Ukraina AQShning Rossiya bilan 30 kunlik sulh tuzish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishni davom ettiradi. Ukraina esa AQShning Rossiya bilan 30 kunlik sulh tuzish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 11 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Amerika va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha tarqatilgan qo‘shma bayonotda aytiladi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishdagi pauzani darhol bekor qiladi.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakning ta’kidlashicha, Ukraina AQShning zudlik bilan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha taklifini qabul qilishga «tayyorligini» bildirdi, u agar Rossiya tomonidan qabul qilinsa va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilsa, tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan uzaytirilishi mumkin. «AQSh Rossiya Federatsiyasiga tinchlikka erishishning kaliti Rossiya tomonining munosabati ekanligini ma’lum qiladi», — deb yozgan Yermak o‘zining Telegram-kanalida. Delegatsiyalar shuningdek, Kiyev va Moskva o‘rtasidagi harbiy asirlarni almashish va ukrainalik bolalarni majburan qaytarish masalasini ham muhokama qilishgan, dedi Yermak. Qo‘shma Shtatlar ushbu aniq takliflarni Rossiya vakillari bilan muhokama qilish majburiyatini oldi, deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti devoni rahbari.
Ukraina va AQSh o‘rtasida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng tomonlar imkon qadar tezroq Ukraina mineral resurslarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuv tuzishga ham kelishib oldilar.
Financial Times nashrining yozishicha, muzokaralarni ikkinchi kuni ham davom ettirish rejalashtirilmagan.
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 10 mart kuni Saudiya Arabistoniga yetib keldi, deya uning maslahatchisi Dmitriy Litvin jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Ukrinform» agentligi. Ukraina va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar Saudiya Arabistonining Qizil dengiz sohilidagi Jidda shahrida bo‘lib o‘tdi.
Zelenskiyning o‘zi avvalroq ta’kidlaganidek, Saudiya Arabistonida AQSh vakillari bilan bo‘ladigan uchrashuvda prezident devonxonasi rahbari Andrey Yermak, uning o‘rinbosari Pavlo Palisa, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etdi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidentining yuqori martabali mulozimlari shu hafta Saudiya Arabistonida Ukraina va Rossiya rasmiylari bilan alohida uchrashadi. Shu bilan birga, 10 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Rossiya vakillarining shu haftadagi bunday uchrashuvlarda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Mavzuga oid
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16