Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Tomsk oblastiga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik mustaqil harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘lib, kasalxonaga tushib qolgan.
Bosh konsulxona tomonidan Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk oblastida og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tomsk oblastiga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik B.X. tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani sababli ushbu oblastdagi 2-sonli klinik shifoxonasi yotqizilgan.
Rossiyalik shifokorlar O‘zbekiston fuqarosiga barcha zarur tibbiy muolajalarni amalga oshirgan.
Bemorning ahvoli og‘irligi inobatga olinib, Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan uning O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilgan hamda samolyotda vatanga kuzatib qo‘yilgan.
Avvalroq O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan vatandosh O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Bosh konsulxona tomonidan Pattayadagi mehmonxonaning 6-qavatidan tushib ketib, og‘ir jarohat olgan va tibbiyot muassasasida davolanish davomida 352 ming bat qarzdor bo‘lib qolgan o‘zbekistonlik ham vatanga qaytishida yordam ko‘rsatilgan edi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025