Jahon | 17:27 / 12.03.2025
3997
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

Javob cheklovlari 1 apreldan kuchga kiradi va 8 milliard yevrolik Amerika tovarlariga ta’sir qiladi.

Foto: AP

Qo‘shma Shtatlar po‘lat va alyuminiy importiga qo‘shimcha tariflar joriy qilganidan keyin Yevropa Ittifoqi (YeI) 26 milliard yevrolik javob choralarini e’lon qildi.

Yevropa Komissiyasi bayonotida AQSh tomonidan po‘lat mahsulotlariga qo‘yilgan yangi tariflari «asossiz» ekanligini va Bryussel bunga javoban «tez va mutanosib» choralar ko‘rishini aytdi.

Yevropa Ittifoqi AQSh tariflari transatlantik savdoga putur yetkazadi, biznes va iste’molchilar uchun qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqaradi va narxlarning oshishiga olib keladi, deb hisoblamoqda. Yevrokomissiya bosqichma-bosqich harakat qilish niyatida.

Yevropa Ittifoqining javob cheklovlari 1 apreldan kuchga kiradi va 8 milliard yevrolik Amerika tovarlariga ta’sir qiladi. 18 milliard yevrodan oshiq savdo cheklovlarining ikkinchi to‘lqini 13 apreldan kuchga kiradi.

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqining javob choralari AQSh importining 26 milliard yevro miqdorini qoplaydi, bu AQSh yangi tariflaridan kelib chiqadigan taxminiy zararga teng.

Bryussel muzokaralar uchun ochiq ekanligini va tomonlar o‘zaro maqbul yechim topsa, javob choralarini bekor qilishga tayyorligini ta’kidlamoqda. Biroq kelishuv bo‘lmasa, Yevropa Ittifoqi Amerika eksportiga qarshi sanksiyalarni qo‘llashda davom etadi.

AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiy importiga yangi 25 foizlik bojlari 12 martdan kuchga kirdi.

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid