Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatorlari Trampning Tesla tadbiridagi ishtirokini tekshirishga chaqirmoqda
Tramp va Mask Tesla avtomobillari namoyish etilgan Oq uy maysazorida matbuot oldida chiqish qilishdi.
Qo‘shma Shtatlarning 4 nafar demokrat senatori Oq uy rahbari Donald Tramp va amerikalik biznesmen Ilon Mask Tesla avtomobillari bilan suratga tushgan voqeani tergov qilishga chaqirdi.
Senatorlar Elizabet Uorren, Adam Shiff, Kori Buker va Richard Blumental Hukumat etikasi boshqarmasi (OGE) direktori vazifasini bajaruvchi Duglas Kollinzga maktub yo‘llab, xususiy kompaniyani ilgari surish uchun davlat maydonidan foydalanish borasida o‘z xavotirlarini bildirishdi.
Senatorlar Mask o‘zining hukumat aloqalaridan Tesla kompaniyasini targ‘ib qilish uchun foydalanganini da’vo qilib, tergov o‘tkazishga chaqirmoqda.
«Mask Oq uy fonida prezident bilan rasmiy matbuot anjumanida gapirar ekan, aslida Tesla kompaniyasi manfaatlarini ilgari surdi. Bu uning maqomi va prezident bilan aloqalaridan tijorat maqsadlarida foydalanayotgani haqidagi taassurot uyg‘otadi hamda Tramp ma’muriyati kompaniyani qo‘llab-quvvatlayotganiga ishora qiladi», deyiladi bayonotda.
12 mart kuni Tramp va Mask Tesla avtomobillari namoyish etilgan Oq uy maysazorida matbuot oldida chiqish qilishdi. Tadbir davomida Tramp mashinalardan birini sotib olishga va’da berdi.
«Men uni sotib olaman, chunki, birinchi navbatda, bu ajoyib mahsulot. Ikkinchidan, bu odam (Mask) o‘z hayotini shu ishga bag‘ishladi va menimcha, unga nisbatan adolatsizlik qilishdi», dedi prezident.
Mavzuga oid
22:10
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026