Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi
Qashqadaryo viloyati markazining bosh rejasi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining «Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Tasdiqlangan bosh rejaga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati markazi 18 yil ichida Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga 7 ming 767 gektarga, ya’ni qariyb 2 barobar kengayadi.
Qarshi shahrining hududi hozirgi paytda 8 ming 308,9 gektarni tashkil etadi, 2030 yilning oxiriga qadar (birinchi navbatda) 11 ming 26,8 gektar, 2042 yil yakunigacha (hisob davrida) esa 16 ming 73,6 gektargacha o‘zgaradi.
Qayd qilinishicha, shu yillarda shahar aholisi soni 300 ming kishidan 470 ming kishigacha ko‘payishi kutilmoqda, uy-joy fondi esa 3 million 992,27 ming kvadrat metrdan 10 million 810 ming kvadrat metrgacha oshishi reja qilingan. Shunda uy-joy bilan ta’minlanish darajasi bir kishiga o‘rtacha 14,1 kvadrat metrdan 2042 yilda 23 kvadrat metrgacha ko‘tariladi. E’tiborlisi, shahar uy-joy fondining umumiy maydonida 2-3 va 4-5 qavatli uylarning hissasi keskin kamayib, 7, 12, 14 va 16 qavatli uylarning hissasi esa, aksincha, ortadi, 9 va 20 qavatli uylar barpo etiladi.
Qarshi shahrining bosh rejasiga muvofiq, aholining ijtimoiy soha obektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish asnosida soha ko‘rsatkichlari jadal sur’atlarda o‘zgaradi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati hozirgi 11,8 ming o‘rindan 29 ming 140 o‘ringacha, umumta’lim maktablari quvvati esa mos ravishda 38 ming o‘rindan 74 ming 260 o‘ringacha oshadi. Xuddi shu tarzda shahardagi shifoxona va poliklinikalar, do‘konlar va umumiy ovqatlanish korxonalari, klublar va madaniyat saroylari, teatr va kinoteatrlar, mehmonxonalar va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ham xizmat qamrovi kengayadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

20:21 / 12.03.2025
Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy kesildi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

18:58 / 03.03.2025