Tramp: «Putin bilan juda yaxshi va samarali muzokara o‘tkazdik»
Tramp Putindan Kursk oblastida «qurshovda qolgan» «minglab» ukrain harbiylariga rahm qilishni so‘raganini aytdi. Aslida esa Z-manbalar ham, kuzatuvchilar ham hech qanday «qurshov» haqida xabar berishmagan.

Foto: REUTERS/Leah Millis
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Vladimir Putin bilan muzokaralari haqida yozdi.
«Kecha biz Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi va samarali muzokaralar o‘tkazdik va bu dahshatli, qonli urushni nihoyat tugatish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. AMMO HOZIRGI PAYTDA MINGLAB UKRAINALIK ASKARLAR ROSSIYa HARBIYLARI TOMONIDAN TO‘LIQ QURShOVDA VA JUDA YoMON HAMDA ZAIF AHVOLDA», – deb yozdi Tramp. – Men prezident Putindan ularning hayotini saqlab qolishni qat’iy so‘radim. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri bo‘lmagan dahshatli qirg‘in bo‘lardi. Parvardigor ularning barchasini panohida asrasin!»
Ammo bu postdan Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Rossiya prezidenti bilan shaxsan gaplashganmi yoki gap Putin va Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasidagi muzokaralar haqida ketyaptimi — buni anglab bo‘lmaydi (keyinroq Oq uy aniqlik kiritib, Vladimir Putin bilan shaxsan Donald Tramp emas, balki AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff gaplashganini bildirdi).
Kremlda Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar haqida xabar berilmadi, garchi bunday suhbat g‘oyasi u yoki bu formatda muhokama qilinayotgan bo‘lsa ham. 14 mart kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbat sanasi hali kelishib olinmaganini aytdi.
Shuningdek, amalda Ukrainaning qandaydir bo‘linmalari qurshovda qolgani haqida hech qanday dalil yo‘q. Hafta davomida Rossiya mudofaa vazirligi Kursk oblastidagi Sudja shahri ozod etilganini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, rossiyalik «harbiy muxbirlar» ham, ukrainalik kuzatuvchilar ham Ukraina qurolli kuchlari qismlari jiddiy to‘qnashuvlarsiz va zirhli texnikalar boy berilmagan holda chegara ortiga olib ketilgani haqida aytishgan.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi esa Trampni yolg‘onchilikda va Rossiya propagandasi uchun ishlashda ayblab, ukrain qo‘shini Kursk oblastida «qurshab olingani» haqidagi ma’lumotni feyk deb atadi: «Ukraina bo‘linmalari qurshab olingani haqidagi ma’lumotlar Rossiya propagandasining bir qismidir. Ukraina mudofaa kuchlari muvaffaqiyatli qayta guruhlandi, qulayroq pozitsiyalarni egalladi va jangovar topshiriqlarni bajarishda davom etmoqda».
- Vladimir Putin va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff o‘rtasidagi muzokaralar 13 mart kuni yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan. Ular, jumladan, AQShning Ukraina frontidagi 30 kunlik sulh bo‘yicha taklifini muhokama qilishi kutilgandi. Avvalroq Kiyev bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan edi.
- Oq uy uchrashuvda nimalar muhokama qilingani haqida xabar bermadi, biroq Uitkoffning tashrifi natijasini «ehtiyotkorona optimizm» bilan baholash mumkinligini bildirdi. Kremldagilar aytishicha, uchrashuvda «Rossiya tomoniga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilgan», Putin esa o‘z navbatida Uitkoff orqali Trampga ma’lumot va «qo‘shimcha signallar» yuborgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng vaqtincha sulh bo‘yicha muzokaralarga nisbatan «ehtiyotkorona optimizmni his qilishga asos bor».
- Shu kuni Putin Rossiya AQShning Ukrainada 30 kunlik sulh e’lon qilish bo‘yicha ilgari surgan taklifiga rozi ekanini, biroq «nozik jihatlar» va muhokama qilinishi kerak bo‘lgan masalalar borligini ochiq aytdi. Ular orasida – Kursk oblastidagi ukrain harbiylari bilan nima bo‘lishi haqidagi savol ham bor.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
Mavzuga oid

07:48
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda

22:01 / 15.03.2025
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025