Jahon | 17:05 / 16.03.2025
3136
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi

29 soatlik parvozdan keyin Crew Dragon kapsulasi Xalqaro kosmik stansiyaga ulandi. To‘qqiz oydan beri kosmosda qolayotgan NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams endi yaqin kunlarda Yerga qaytadi.

Foto: NASA

SpaceX kapsulasi 16 mart kuni ertalab to‘rt nafar astronavtni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yetkazdi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, 29 soatlik parvozdan keyin Crew Dragon kapsulasi XKSga muvaffaqiyatli ulangan. Boeing kapsulasi sabab stansiyada qolishga majbur bo‘layotgan NASA astronavtlari Butch Uilmor va Suni Uilyams endi yaqin kunlarda Yerga qaytadi.

XKSga yetib borgan Crew-10 missiyasi to‘rt kishidan iborat: NASA astronavtlari Enn MakKleyn va Nikol Ayyers, yaponiyalik astronavt Takui Onisi va rossiyalik kosmonavt Kirill Peskov. Yerga esa Butch Uilmor, Suni Uilyams, Nik Xeyg va Aleksandr Gorbunov qaytadi.

Uilmor va Uilyams XKSda sakkiz kun qolishi kerak edi, ammo Starliner kosmik kemasida kuzatilgan texnik muammo sabab ularning stansiyadagi faoliyati to‘qqiz oyga cho‘zilib ketdi.

Yangi ekipaj yetib borganidan ikki kun o‘tib, uyga qaytish sayohati boshlanadi. NASA vakili Stiv Stich astronavtlar qaytayotganidan xursand ekanini aytib, ularga minnatdorchilik bildirdi.

Astronavtlar bir necha bor stansiyada qolish ularga hech qanday noqulaylik tug‘dirmayotganini ta’kidlagan, ammo kosmosda uzoq vaqt qolish ularning oilaviy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Butch Uilmor va Suni Uilyams XKSga 2024 yil iyunda Starliner sinovi uchun borgandi, ammo kemada texnik muammo kuzatilib, ularning missiyasi uzaytirildi. NASA tavakkal qilmaslikka va astronavtlarni olib kelish uchun SpaceX’ning Dragon kapsulasini jo‘natishga qaror qildi.

Boeing kompaniyasi Starliner astronavtlarni xavfsiz qaytarishi mumkinligini bildirgan, Anno NASA xavfsizlik nuqtai nazaridan SpaceX’ni tanlagan.

Mavzuga oid

E`lonlar

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti