Zelenskiy yana Moskvani urushni tugatishni istamaslikda aybladi
«Urush imkon qadar tezroq tugashini istaganlar bunday qilmaydi», - dedi Ukraina prezidenti va Rossiya Ukrainaga so‘nggi bir hafta ichida o‘nlab raketalar va minglab hujumkor dronlarni uchirgani faktiga ishora qildi.

Foto: Alina Smutko / Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yana bir bor Rossiyani urushni tugatishdan manfaatdor emaslikda aybladi. «Ushbu haftada bizning shaharlar va jamoatlarimizga yuzlab hujumlar uyushtirildi. Ruslar 1020 dan ortiq hujumkor uchuvchisiz uchoqlar, deyarli 1360 ta boshqariladigan havo bombalari va 10 dan ortiq turli raketalarni uchirdi. Urushning tezroq tugashini istaganlar bunday qilmaydi», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
Ukraina prezidenti yana bir bor butun sivilizatsiyalashgan dunyo «Rossiyani o‘z agressiyasini to‘xtatishga majburlash uchun unga birgalikda bosim o‘tkazishi» zarurligini, yangi «hal qiluvchi choralar», jumladan, sanksiyalarni kuchaytirish kerakligini ta’kidladi. «Ukraina, Yevropa, Amerika va dunyoda tinchlikni istagan har bir kishi – biz birgalikda adolatli va mustahkam tinchlikni ta’minlay olamiz», — deya xulosa qildi u.
Bundan uch kun avval Zelenskiy Kremlni Rossiya va Ukraina o‘rtasida AQSh tashabbusi bilan tuzilgan tinchlik kelishuvini ataylab kechiktirishda ayblagan edi. «Afsuski, bir kundan ortiq vaqtdan beri (Jiddadagi uchrashuvdan keyin) dunyo bildirilgan takliflar yuzasidan Rossiyadan mazmunli javob eshitmayapti. Bu esa aynan Rossiya urushni davom ettirishga intilayotganini va tinchlik boshlanishini imkon qadar kechiktirishga harakat qilishini yana bir bor tasdiqlaydi», — deb yozdi u 13 mart kuni. Ukraina prezidenti, shuningdek, «AQSh bosimi Rossiyani urushni tugatishga majbur qilish uchun yetarli bo‘lishiga» umid bildirdi.
YeI vaqtinchalik sulh tuzilsa ham Ukrainani qurollantirishda davom etadi
Yevropa Ittifoqi 30 kunlik otashkesimga erishilsa, Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatmoqchi emas. Bunday fikrni 14 mart kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar kengashi yig‘ilishi oldidan Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlaridan kelgan qator diplomatlar bildirishdi.
«Yevropa Ittifoqi Ukrainaning tinchlik muzokaralarida eng kuchli pozitsiyada bo‘lishini ta’minlashga intilmoqda, shuningdek, Tramp aytganidek «yomon» kelishuvdan voz kechib, muzokaralar uchun eng qulay vaqtni tanlashi mumkin. Agar tajovuzkor buni talab qilsa, Yevropa Ittifoqi va uning a’zolari Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi, deb o‘ylamayman», — dedi Bryusseldagi brifingda yevropalik diplomat.
Yana bir diplomat, shuningdek, potensial o‘t ochishni to‘xtatish vaqtida Ukraina qurollangan bo‘lishi kerakligini va hech qanday holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqchi
Jahon | 08:30
-
IPI "Ozodlik radiosi" va AQShning boshqa ommaviy axborot vositalarini himoya qilib chiqdi
Jahon | 08:21
-
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi
Jamiyat | 08:10
-
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 07:31
Mavzuga oid

00:18
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

18:17 / 17.03.2025
Ukraina ba’zi shartlarda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlanishiga rozi

15:21 / 17.03.2025
Rossiya Ukrainaga g‘arb tinchlikparvar kuchlari kelishiga yana qarshi chiqdi

09:39 / 17.03.2025