Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva AQSh Kongressi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston—AQSh munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashilgan.
«Ta’lim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu yo‘nalishlarda Kongress bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga to‘xtaldik.
Qizg‘in suhbat va qo‘llab-quvvatlov uchun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuv davomida iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan, tog‘-kon, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
21:39 / 15.12.2025
Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash masalalarini muhokama qildi
17:10 / 13.12.2025
“Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli” - Saida Mirziyoyeva "Insoniy birodarlik"-2026 mukofoti haqida
17:29 / 12.12.2025
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishida Rim papasi bilan uchrashdi
20:10 / 10.12.2025