Zelenskiy: Rossiya Ukraina infratuzilmasiga hujum qilishda davom etmoqda
Kreml Ukrainaning energetika infratuzilmasiga 30 kun davomida hujum qilmaslik to‘g‘risida e’lon qilgan kelishuviga qaramay, Zelenskiy osmonda 40 ta UUA borligini va xususan ulardan biri Sumidagi kasalxonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib urilgani haqida xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
«Hozir ko‘plab mintaqalarda Rossiyaga aslida nima kerakligi eshitilmoqda. 40 ga yaqin "shahedlar" osmonimizda, HHM ishlamoqda», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 mart, chorshanbaga o‘tar kechasi Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oq uy rahbari Donald Trampning Rossiya va Ukraina 30 kun energetika tizimiga zarba berishdan voz kechgani haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagi to‘g‘risidagi bayonotidan keyin.
Zelenskiy, shuningdek, «ayniqsa, fuqarolik infratuzilmasiga» zarbalar haqida xabar berdi. «Sumidagi kasalxonaga "shahed" tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berildi, Donetsk oblastidagi shaharlarga zarbalar, hujumkor dronlar hozirda Kiyev, Jitomir, Sumi, Chernixiv, Poltava, Xarkiv, Kirovohrad, Dnipropetrovsk va Cherkassk viloyatlari osmonida», deb yozdi u.
Ukraina prezidenti Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash, Ukrainaga ko‘proq yordam ko‘rsatish, «ittifoqchilarni mustahkamlash» va to‘rt yildan buyon o‘zini Rossiya harbiy agressiyasidan himoya qilib kelayotgan o‘z mamlakati uchun xavfsizlik kafolatlari ustida ish olib borishga chaqirdi. «Bugun Putin o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha taklifni amalda rad etdi. Butun dunyo Putinning urushni uzaytirish bo‘yicha har qanday urinishlarini rad etishi to‘g‘ri bo‘lardi», — qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Kanada bosh vaziri Volodimir Zelenskiyni G7 sammitiga taklif qildi
Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni 15-17 iyun kunlari Alberta provinsiyasining Kananaskis shahrida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qildi. Bu haqda 17 mart kuni Kanada hukumati vakili AFP'ga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta bosh vazir lavozimiga kirishgan Karni 16 mart kuni Ukraina rahbari bilan gaplashgan. «Prezident Zelenskiy iyun oyida Albertada bo‘lib o‘tadigan G7 yig‘ilishiga taklif qilindi», — dedi u.
Avvalroq Mark Karni suhbat chog‘ida Zelenskiy unga «Ukraina mudofaasi va global tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlari haqida» yangilangan ma’lumotlarni taqdim etganini ma’lum qilgandi. «Kanada Ukrainaning Rossiya agressiyasiga qarshi erkinlik uchun kurashini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Volodimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Karni bilan suhbatni «yaxshi va mazmunli» deb atadi va Kanadaga ko‘rsatgan yordami, xususan, mudofaa paketlari va Ukraina energetika sektorini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirganini qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, Karnini Moskvaga bosimni kuchaytirish kerakligi haqida «yaxshi fikrlar» aytgani uchun maqtadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
XVJ Ukraina uchun ko‘p millionlik yordam transhini tasdiqladi
Jahon | 11:48
-
Benilyuks mamlakatlari O‘zbekistondan mehnat migrantlarini ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 11:33
-
Xonanda Dilfuza Ismoilova 80 ming dollarga chuv tushdi
O‘zbekiston | 11:28
-
SSJ-100 halokati: Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi mas’uliyatni ekipajga yukladi
Jahon | 11:03
Mavzuga oid

11:48
XVJ Ukraina uchun ko‘p millionlik yordam transhini tasdiqladi

10:22
Zelenskiy Kiyevda tinchlikparvar kuchlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishini e’lon qildi

08:04
Putinning muzokarachisi otashkesim kelishuvi joriy yilda imzolanmasligi ehtimoli borligini aytdi

23:20 / 28.03.2025