Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi
Shimoliy Koreya dunyodagi eng yirik bitkoin egalari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, faqat AQSh va Buyuk Britaniyadan ortda qolmoqda. Bu keskin o‘sish, asosan, shimoliy koreyalik hakerlarning kriptovaluta o‘g‘irlash borasidagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq, deb yozadi The Times.

Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat
Arkham Intelligence kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kriptovaluta hamyonlari egaligini aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘tkazilgan tadqiqot Shimoliy Koreya hakerlar guruhi Lazarus (ular TraderTraitor nomi bilan ham ma’lum) 13 ming 580 bitkoinga egaligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda bu miqdor taxminan 1,15 mlrd dollar baholanmoqda.
Natijada, Shimoliy Koreya kriptovaluta zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda 16,5 mlrd dollarlik zaxira bilan AQSh, ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya turibdi — ularning zaxirasi 5 mlrd dollar atrofida.
Shu bilan birga, AQSh va Buyuk Britaniya ushbu kriptoaktivlarni asosan jinoyatchilardan musodara qilingan mablag‘lar hisobidan qo‘lga kiritgan.
Lazarus Group dunyodagi eng muvaffaqiyatli jinoiy kibergurohlardan biri hisoblanadi. Uning hakerlik faoliyati orqali topgan mablag‘lari Kim Jong Un rejimi uchun muhim moliyaviy manba bo‘lib, jumladan, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqish dasturlarini moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
AQSh Federal tergov byurosi (FBI) ma’lum qilishicha, Lazarus kriptovaluta birjasi Bybitga uyushtirilgan hujumda 1,6 mlrd dollarlik Ethereumʼni o‘g‘irlagan. Bu hajm Shimoliy Koreyaning 2023 yildagi harbiy budjeti (1,4 mlrd dollar) dan ham yuqori.
Bu hozirgacha aniqlangan eng yirik kibero‘g‘irlik hisoblanadi. Avvalgi rekord 2003 yilda Saddam Husayn tomonidan Iroq Markaziy bankidan o‘g‘irlangan 1 mlrd dollarga tegishli edi.
Kriptobezopaslik sohasida mutaxassislashgan TRM Labs ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil fevral oyida dunyo bo‘ylab kriptovalutada o‘g‘irlangan 1,7 mlrd funt sterlingning 35 foizi Shimoliy Koreya hukumati bilan bog‘liq haker guruhlariga to‘g‘ri keladi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

08:09 / 26.03.2025
Rossiya ommaviy tarzda KXDRdan shifokorlarni stajirovkaga qabul qilmoqda

07:30 / 26.03.2025
JCh-2026 saralashi. BAA KXDR bilan o‘yinda 90+8-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi

18:01 / 21.03.2025