Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirojiddin Shamsutdinov yana O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli bo‘ldi
Sirojiddin Shamsutdinov O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli etib tayinlandi. U 2017–2021 yillarda ham shu vazifada faoliyat olib borgan.
O‘zbekistonning Jiddadagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb xabar qildi «Dunyo» axborot agentligi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashildi.
Ahmad Muhammad Qutb O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin do‘stona va ishonchli munosabatlar tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganini, barcha sohalarda yaqin sheriklik faollashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Saudiya tomoni yangi tayinlangan bosh konsulga ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-huquqiy sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Sirojiddin Shamsutdinov shu kunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Diplomat 2017–2021 yillarda ham O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli vazifasida faoliyat olib borgan. U Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan.
Mavzuga oid
09:39 / 05.03.2026
Madina va Jiddadan 21 reys: 4 948 nafar yo‘lovchi olib kelindi
10:13 / 02.03.2026
Jidda-Toshkent repatriatsiya parvozlari yo‘lga qo‘yiladi
11:58 / 15.12.2025
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
08:32 / 04.10.2025