Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Jidda – Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan 9S-3306 reysi bortda shoshilinch tibbiy holat yuzaga kelgani sabab Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Yoshi katta ayol yo‘lovchining ahvoli barqarorlashtirilib, u mahalliy klinikaga olib ketildi.
Jidda – Toshkent 9S-3306 reysi parvoz vaqtida bortda shoshilinch tibbiy holat qayd etilgani tufayli Bahrayn aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida yoshi katta ayol yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Ekipaj — havo kemasi komandiri Degtev Roman Olegovich va ikkinchi uchuvchi Smirnov Yegor Denisovich tezkor qaror qabul qilib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirilgan.
Qo‘nishga qadar bortkuzatuvchilar ekipaji brigadir Svetlana Bolkonskaya rahbarligida yo‘lovchiga zarur yordam ko‘rsatgan. Keyinchalik yerda mahalliy shifokorlar reanimatsion tadbirlarni o‘tkazib, yo‘lovchining ahvolini barqarorlashtirishga erishgan. Shundan so‘ng u davolanish uchun mahalliy klinikaga olib ketilgan.
Reys yonilg‘i quyib olgandan keyin parvozni Toshkentga taxminan 2 soat kechikish bilan davom ettirgan va mahalliy vaqt bilan soat 09:49 da omon-eson qo‘ngan.
Mavzuga oid
10:13
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026