Ma’lum qilinişiça, çeklov mamlakatdagi barça aviakompaniyalarga taalluqli bölib, jumladan, Uzbekistan Airways'ning Toşkent—Jidda—Toşkent yönalişidagi parvozlarini ham qamrab oladi. Qaror keyingi rasmiy ogohlantirişgaça amal qiladi.

2026 yil 2 martdan boşlab Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga borgan Özbekiston fuqarolarini bosqiçma-bosqiç vatanga qaytariş maqsadida Jiddadan Toşkentga maxsus repatriatsiya reyslari yölga qöyiladi.

Mas’ul idoralar fuqarolardan xotirjamlikni saqlaşni, rasmiy axborot manbalarini kuzatib borişni va aviakompaniya hamda turoperatorlar bilan doimiy aloqada bölişni söramoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söralib, qöşimça ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinişi bildirilgan.