Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xorvatiya migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni ishlab chiqadi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiyaning Xorvatiyaga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif doirasida Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligi shtat kotibi Frano Matushich, Demografiya va migratsiya vazirligi shtat kotibi Jyelka Yoshich va Mehnat, pensiya, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi davlat kotibi Ivan Vidish, shuningdek, bir qator kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida asosiy e’tibor mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Xorvatiya tomoni o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi va mehnat migrantlari uchun ta’lim kurslarini, jumladan, xorvat va xorijiy tillarni o‘qitishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat vizalarini olish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda Migratsiya va mobillik masalalari bo‘yicha hukumatlararo bitimni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Xorvatiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida birinchi konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazishdan manfaatdor bildirildi.
Tashrif davomida yetakchi rekruting kompaniyalari vakillari va vatandoshlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda Xorvatiyada O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va ishlayotgan yurtdoshlar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026