Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
25-27 mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida 25-27 mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Shu sababli soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
Jumladan:
25 martda – Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRES mikrorayoni): Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Bo‘z, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalka yo‘li, Katta xalka yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalang‘och mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyoziy, 1-Bo‘z, 2-Bo‘z ko‘chalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
26 martda – Chilonzor va Uchtepa tumanlari: Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘pon ota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalka yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbrobod, 4-y proyezd Do‘mbrobad, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston ko‘chalari Chilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar).
27 martda – Mirzo-Ulugbek tumani: Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.
Qayd qilinishicha, sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda. Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yo‘llar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin.
Mavzuga oid
20:06
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026