Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida
Turkiyani 22 yildan buyon boshqarib kelayotgan Erdo‘g‘an – hozir rasman oxirgi prezidentlik muddatini o‘tayapti. Lekin agar muxolifat talab qilayotganidek, muddatidan ilgari saylov o‘tkazilsa, u yana nomzodini qo‘ya oladi. Va bu saylov prezidentning asosiy raqibi Imomo‘g‘lining ishtirokisiz o‘tishi mumkin.
Istanbul meri, muxolifatdan prezidentlikka nomzod Akram Imomo‘g‘lining hibsga olinishi Turkiya bo‘ylab keng namoyishlarga sabab bo‘ldi. Mamlakatda kechayotgan hozirgi siyosiy jarayonlar butunjahon e’tiborida turibdi. Kun.uz'ning o‘tgan hafta yakunlariga bag‘ishlangan “Geosiyosat” dasturida ham siyosatchilar bu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Turkiya uchun bunday siyosiy silkinishlar begona emas, deydi tahlilchi Bektosh Berdiyev. U Erdo‘g‘anning jamiyat orasidagi obro‘-e’tibori yuqoriligidan kelib chiqib, amaldagi hukumat bu norozilik to‘lqiniga bardosh bera olishini aytadi.
“Isroil va boshqa mamlakatlar nazarida, Erdo‘g‘anning potensial yengilishi Turkiyada yangi davrni boshlab berishi mumkin”, deydi u.
Iqtisodchi Zokir Usmonov Turkiya iqtisodiyotidagi muammolarga e’tibor qaratdi. U ayniqsa liraning qulashi amaldagi hokimiyatga bo‘lgan ishonchga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlaydi. “Imomo‘g‘lining qo‘lga olinishida, menimcha, ko‘zga ko‘rinmas sabab: kamolchilar va diniy qatlam o‘rtasida kurash ham bor”, deydi u.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov kuzatuvlariga asosan, “Erdo‘g‘anning yetakchiligi sezilarli geosiyosiy o‘zgarishlarga olib kelgan, Turkiyaning xalqaro o‘yinchilar qatoriga qo‘shilishiga aynan u sababchi”.
Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha ekspert Shavkat Ikromov fikrlari biroz boshqacha: “Erdo‘g‘an asosan ritorik chiqishlar qiladi va katta davlatlar uchun u bilan til topishishda jiddiy muammo yo‘q. Ichki siyosatda esa amaldagi prezident davrida iqtisodiy vaziyat barqaror bo‘lmayapti”.
Erdo‘g‘an avvalroq 2028 yildagi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ymaslikni va’da qilgan, lekin oxirgi vaqtlarda muddatidan ilgari saylovlar haqida ko‘p gapirilmoqda. Agar saylov 2028 yilda emas, muddatidan ilgari o‘tkazilsa, u holda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishga asosan, Erdo‘g‘an unda o‘z nomzodini qo‘yishga haqli bo‘ladi.
Muddatidan ilgari saylov o‘tkazishni muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi ham talab qilyapti. Bu partiyaning prezidentlikka nomzodi – Akrom Imomo‘g‘lining hibsga olinishi esa turkiyaliklarda bo‘lajak saylov taqdiri hal qilinayotgandek tasavvur uyg‘otdi.
Suhbatni to‘liq holda YouTube'da tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-birini energetika obektlariga zarba berishda davom etayotganlikda aybladi
Jahon | 22:54
-
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Jahon | 22:39
-
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Jahon | 21:58
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
Mavzuga oid

21:00 / 31.03.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov

19:37 / 30.03.2025
Putinning taklifi va Yevropaning ritorik qat’iyati – geosiyosiy hafta tahlili

12:47 / 30.03.2025
Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar - fotosuratlar

18:25 / 29.03.2025