Soxta diplomdan boşlangan karera firibgarlik va tovlamaçilik bilan davom etdi va buni ötgan operatsiya oşkor qildi. Turkiya prezidenti Erdöğan asosiy raqibi Imomöğlining hibsga olinişiga şunday munosabat bildirib, namoyişlarni “köça terrori” deb atadi. Imomöğlining hibsga olinişi töliq Erdöğan bilan boğliq emas, lekin siyosiy sabablar, albatta, bor. Xalqaro siyosat konteksti özgararkan, prezident yana saylaniş harakatida, deydi Kun.uz bilan suhbatlaşgan siyosiy tahlilçi Javit Turköğli.
Akrom Imomöğli hibsga olinarkan, u firibgarlik, tovlamaçilik, davlat tenderlarini korrupsiya orqali taniş-bilişlarga sotiş hamda terrorizmga homiylikda ayblandi. Merning qölga olinişi Imomöğlining universitet diplomi bekor qilinişidan bir neça kun ötib, muxolif partiyaning prezidentlikka nomzodi deb e’lon qilinişidan esa bir neça kun avval sodir böldi. Tabiiyki, ham muxolifat, ham jamoatçilik bunda Erdöğan va uning jamoasini aybladi.
Turkiya adliya vazirligi Imomöğlining hibsga olinişini prezidentga boğlaganlarni “haddini bilmaganlar” deb atab, hukumatning bu işda qöli yöqligini uqtirmoqda.
Turkiyalik tahlilçi, Eron va Markaziy Osiyoni yaqindan örgangan siyosatşunos Javit Turköğlining Kun.uzʼga aytişiça, Istanbul meri aslida ham köp mojarolarga öralaşib qolgandi. Ammo bu masalasining siyosiylaşuvi omilini rad etmaydi. Ya’ni uning qamoqqa taşlanişi Erdöğan manfaatlariga mos keladi, biroq Imomöğlining hozirgi statusi bunga bemalol şaroit yaratgan. Hukumat esa olovga moy sepdi, çunki u asosiy siyosiy raqib edi, deydi Turköğli.
“Şubham bor, ya’ni hammasi Erdöğanning va hukumatning rejasi deyolmayman. Akrom Imomöğli Istanbul meri bölişidan avval Beylikduzu şahri hokimi edi va öşanda ham unga nisbatan qator sud işlari oçilgan. Ammo hozirgi iş siyosiylaştirildi” – Javit Turköğli, siyosiy tahlilçi
Ma’lum bölişiça, Akrom Imomöğlining Istanbul universitetidan olgan diplomi soxta ekanini uning partiyasidagilar ham tasdiqlagan.
“Bu işga hukumat aralaşmadi, partiyaga yaqin bir jurnalist buni foş qildi. Imomöğli Kiprdagi bir oddiy va taniqli bölmagan universitetdan Istanbul universitetiga noqonuniy öqişini köçirgan. Nafaqat u, öşa yilda öqişini noqonuniy köçirgan barçaning diplomi bekor qilindi” – Javit Turköğli, siyosiy tahlilçi
Yakşanba, 23 mart kuni Respublika xalq partiyasi hibsda bölsa-da, navbatdagi saylov uçun Akrom Imomöğlini nomzod qilib körsatdi. Partiya praymerizlarida 15 milliondan oşiq turk fuqarolari qatnaşgan, ulardan 13.2 millioni Imomöğli nomzodini qöllab-quvvatlagan. Biroq siyosatşunos Imomöğli nomzod bölolmasligini gapirdi.











