Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning do‘stlari qayerda borligini aytdi
Rossiya hali ham butun dunyoda, jumladan Shimoliy Amerika va Yevropada ko‘plab do‘stlarga ega, dedi u.
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Dvijyeniya pervyx» harakati kuzatuv kengashi yig‘ilishida Rossiyaning do‘stlari ko‘p ekanini ma’lum qildi.
«G‘arbda ham, sharqda ham, shimolda ham, janubda ham bor. Butun dunyoda bor. Aslida bizni tushunmaydiganlardan ko‘ra ko‘proq do‘stlarimiz bor. Biz hozir aytib o‘tgan G‘arbda ham do‘stlarimiz bor, Rossiyani tushunmaydiganlar ham bor. Lekin bu bizni yashash va rivojlanishimizga to‘sqinlik qilmaydi. Bu bizni tushunadigan va tinch yashashni xohlaydigan odamlar soni ortib borishiga ilhomlantirishi kerak», dedi Putin.
Rossiya prezidenti xuddi shunday bayonotni 2023 yilda Volgogradda, Stalingrad jangidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan konsertda ham bergan edi. Putinning ta’kidlashicha, Rossiya yana bir bor G‘arbning kollektiv tajovuziga qarshi kurashishga majbur. Ammo «Rossiya hali ham butun dunyoda, jumladan Shimoliy Amerika va Yevropada ko‘plab do‘stlarga ega».
Mavzuga oid
17:52 / 10.04.2026
Rossiya va Ukraina o‘rtasida «pasxa sulhi» e’lon qilindi
10:55 / 10.04.2026
Rossiya “sovet xalqi genotsidi”ni inkor etganlik uchun jazo joriy qildi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026