Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi
Urgutda erkak yomg‘irdan so‘ng yo‘ldagi “yama”da hosil bo‘lgan ko‘lmakda cho‘mildi. Sud uni mayda bezorilik qilganlikda aybli deb topgan.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida yashovchi erkak D.O‘. yo‘l o‘rtasidagi ko‘lmakda cho‘milgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Videoda erkak yo‘llardagi “yama”lar basseyn kabi bo‘lib yotganligini, chuqurlarda hatto cho‘milish ham mumkinligini aytgan. So‘ngra o‘zi buni ko‘rsatishini aytib, kiyimlarini yechgan holda yo‘l o‘rtasidagi ko‘lmakka borib yotib olgan hamda suzishga uringan.
D.O‘. ko‘p o‘tmay uzr so‘rab chiqdi va bu harakati yomon oqibatga olib kelishini bilmaganligini bildirdi. U qilgan ishidan pushaymonligini aytgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, fuqaro ma’muriy jazoga tortilgan.
«Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzish yoki axloqqa zid xatti-harakatlarni amalga oshirish sizga tengdoshlaringiz orasida mana shunday „mashhurlik“ olib kelishi uncha yoqimli bo‘lmasa kerak?» deya savol qoldirgan boshqarma axborot xizmati.
Sud qarori bilan u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni (Mayda bezorilik) sodir qilishda aybli deb topilgan. Erkakka 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026