Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda qurilish kranining o‘q qismi bog‘cha tomiga quladi
MTT faoliyati bir muddatga to‘xtatilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Joriy yil 25 mart kuni kech soat 19:10 lar atrofida Yangiyo‘l shahar «Baxt» MFYda joylashgan 5-sonli DMTT tomiga ko‘tarma kranning o‘q qismi quladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar bermoqda.
Qurilish vazirligi xabariga ko‘ra, bog‘cha bilan qo‘shni hududda xususiy tadbirkor tomonidan turar joy kompleksi qurilayotgan bo‘lgan. Qurilish maydonida o‘rnatilgan ko‘tarma kranning o‘q (strela) qismi yomg‘ir sababli qulagani oqibatida ta’lim muassasasining tom qismiga shikast yetgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, hokimiyat, prokuratura, IIB mutasaddilari yetib borishgan. Binoning tom qismini zararlagan ko‘tarma kran o‘qi olib tashlanib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Ayni kunlarda qurilish tashkiloti tomonidan muassasa tom qismida zarar yetgan profnastil qoplama va yog‘och qism olib tashlanib, ta’mirlash ishlari boshlangan. Qurilish tashkiloti mas’ullari 3 kun muddatda MTTning zarar yetgan qismini ta’mirlab, binoni ishchi holatga keltirishini bildirgan.
Hozirda ta’mirlash ishlari 8 nafar qurilish tashkiloti ishchi xodimlari bilan davom etmoqda. MTT faoliyati bir muddatga to‘xtatilgan. Baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
20:31 / 10.11.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 mingdan ortiq nosozlik qayd etildi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
11:54 / 12.09.2025