O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Mirziyoyev va To‘qayev ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 29 mart kuni Olmaota shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd qilinishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini hamda qardosh xalqlarni bahor ayyomi Navro‘z va yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan samimiy qutladi.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqotlar olib borilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 14 foizga oshdi, umumiy qiymati 4 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi, yaqin hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv rivojlanmoqda.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari o‘rinbosarlarining o‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, elektrotexnika, neft-gaz, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladi.
Prezidentlar sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha uzoq muddatli dasturni shakllantirish, mintaqaviy ahamiyatga ega infratuzilmaviy loyihalarni jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Joriy yilda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo sammitlariga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

19:07 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

18:01 / 06.06.2025
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

14:03 / 06.06.2025