Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi
O‘zbekiston elchixonasida Misr oziq-ovqat sanoati palatasi raisi o‘rinbosari Amal Samir bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
Unda oziq-ovqat mahsulotlari sanoati yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda ishlab chiqarish va eksport-importni tashkil qilish masalalari keng muhokama etildi.
Misr tomoni mamlakatda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan meva-sabzavot va quruq mevalar eksportini yanada kengaytirish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.
O‘zbekistondagi turdosh kompaniyalar bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish maqsadida ikki davlat tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?

19:37 / 09.04.2025
Limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

12:24 / 06.04.2025