Tramp Finlandiya prezidentidan Putinga ishonsa bo‘ladimi, deb so‘ragan
Shanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb o‘rtasida Floridada bo‘lib o‘tgan yetti soatlik uchrashuv chog‘ida Amerika rahbari fin hamkasbidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonish mumkinmi, deb so‘radi.

Foto: Yle
Bu haqda Stubb yakshanba kuni Londonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning so‘zlarini finlarning Yle nashri keltirdi.
Finlandiya prezidenti uchrashuv samarali kechganini ta’kidlab, ikki asosiy masala muhokama qilinganini aytdi: Finlandiya va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini.
Stubbning so‘zlariga ko‘ra, u Trampga Finlandiya va butun Yevropaning Ukrainaga qarshi urushdagi qat’iy qo‘llab-quvvatlovini bildirgan. U shuningdek, bu urushda faqat bitta tashabbuskor bo‘lganini ta’kidlagan.
«Tramp mendan Putinga ishonish mumkinmi, deb so‘radi. Men unga yo‘q, deb javob berdim», — dedi Finlandiya rahbari.
Stubbning fikricha, Tramp bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng Finlandiya va AQSh munosabatlari yana bir bosqichga ko‘tarilgan.
«Fgar Rossiya Ukrainadagi otashkesimga amal qilmasa yoki unga xilof yursa, AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda», — dedi Stubb Floridaga tashrifidan so‘ng.

Ma’lumotga ko‘ra, shanba kuni Trampning Mar-a-Lago rezidensiyasida o‘tgan uchrashuv paytida ikki davlat rahbarlari, boshqa mavzular qatorida, golf ham o‘ynashgan.
Mavzuga oid

22:36 / 27.04.2025
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda - Axios

18:17 / 27.04.2025
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

21:30 / 26.04.2025
Dafn marosimi va urush

11:31 / 26.04.2025