Tramp uchinchi prezidentlik muddatini istisno etmadi
AQSh prezidenti NBC telekanaliga bergan intervyusida uchinchi muddatga saylanish haqida «hazil qilmayotganini» va «ko‘pchilik uning buni amalga oshirishini xohlashini» aytdi.

Foto: Mark Schiefelbein/AP/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp uchinchi muddatga saylanishini istisno etmadi. 30 mart, yakshanba kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida u «ko‘p odamlar buni xohlashini» va buni amalga oshirishga imkon beradigan «usullar borligini» aytdi. «Ammo oldimizda uzoq yo‘l bor. Men bor e’tiborimni hozirgi daqiqaga qaratganman», — deya qo‘shimcha qildi u. Biroq telekanal intervyu yozuvini e’lon qilmadi, stenogrammadan parchalar bilan cheklandi.
Tramp hokimiyatda qolish uchun qanday aniq usullardan foydalanishi mumkinligi haqidagi savolga javob bermadi. Biroq u jurnalist tomonidan aytilgan versiyani inkor etmadi, unga ko‘ra AQShning amaldagi vitse-prezidenti Jyey Di Vens 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonadi va keyin bu lavozimni Donald Trampga topshiradi.
Tramp yangi bojlar joriy etishi mumkin
AQSh bir necha hafta ichida mis importiga bojlar joriy qilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
«Ma’muriyat (AQSh prezidenti Donald Tramp) tezkor tekshiruv o‘tkazmoqda va qaror 270 kunlik muddat tugashidan ancha oldin qabul qilinishi mumkin», — dedi agentlikka manbalardan biri.
Bloomberg ta’kidlaganidek, fevral oyida Amerika rahbari AQSh Savdo vazirligiga misga bojlar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqish va 270 kun ichida hisobot taqdim etishni topshirgan.
24 mart kuni Tramp Qo‘shma Shtatlar 2 apreldan boshlab Venesueladan neft yoki gaz sotib oluvchi davlatlarga 25 foizlik import bojlari joriy etishni rejalashtirayotganini aytdi.
U buni «ikkinchi darajali bojlar» deb atadi. Oq uy rahbarining qayd etishicha, bu choralar Venesuela, uning ta’biri bilan aytganda, jinoyatchilar va xalqaro jinoiy guruhlar a’zolarini AQShga jo‘natgani uchun joriy etilmoqda.
17 mart kuni Tramp Qo‘shma Shtatlar 2 apreldan istisnolarsiz po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bojxona to‘lovlari bir xil bo‘ladi va boshqa davlatlar Amerika tovarlari importidan undiradigan soliqlar bilan teng bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025
Nyu York meri va o‘zbek tadbirkorining oldi-berdisi: bu haqda nimalar ma’lum?

21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»

20:37 / 27.05.2025