Ukraina «Moskva» kreyseri cho‘ktirilishida AQShning rolini rad etdi
Ukraina harbiy-dengiz kuchlari matbuot kotibi Dmitriy Pletenchuk NYT'ning Rossiyaning «Moskva» kreyserining yo‘q qilinishida AQShning roli bo‘yicha olib borilgan surishtiruviga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba Amerika tomoni bilan kelishilmagan holda amalga oshirilgan.

Foto: Russian Navy Black Sea Fleet/TASS/dpa/picture alliance
2022 yil aprel oyida Qora dengizda «Moskva» kreyserini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Ukraina qurolli kuchlari harbiy-dengiz kuchlari tomonidan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan. Bu haqda Ukraina harbiy-dengiz kuchlari matbuot kotibi Dmitriy Pletenchuk 30 mart, yakshanba kuni milliy telemarafon efirida ma’lum qildi.U The New York Times gazetasining Ukraina go‘yoki AQShdan Rossiya Qora dengiz floti flagmani koordinatalarini olgani va bunday zarbani muvofiqlashtirishni kutgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
«Biz, albatta, tegishli ruxsatni olgan holda, buyruq zanjiriga muvofiq, yuqori rahbariyat bilan zarba berilishini muvofiqlashtirdik. Va bu, albatta, Ukraina rahbariyati bo‘ldi. Biz bu zarbani amalga oshirdik, - dedi Pletenchuk. - Shuning uchun, muvofiqlashtirish va «Moskva» kreyseri joylashuvi haqida aniq ma’lumot berilgani to‘g‘risidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmaydi, shuningdek, uni muvofiqlashtirish zarurligi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri emas».
«Moskva» kreyseri Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan bir yarim oy o‘tib cho‘kib ketdi. Ukraina harbiylari u ikkita "Neptun" raketasi bilan urilganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Rossiya Mudofaa vazirligi hodisaga kemani tortish vaqtida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bortdagi o‘q-dorilarning portlashi sabab bo‘lganini aytdi. 2022 yil noyabr oyida Qora dengiz floti Tergov qo‘mitasi kreyserning cho‘kishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 346-moddasi ikkinchi qismi («harbiy mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ish 2023 yil oxirida to‘xtatilgan.
Bortda qancha odam bo‘lgani va ulardan qanchasi halok bo‘lgani hozircha noma’lum. Rossiya matbuoti xabariga ko‘ra, kreyserda 40 ga yaqin odam halok bo‘lgan, yana 100 nafari yaralangan. Mustaqil "Agenstvo" Rossiya nashriga ko‘ra, "Moskva" bortida harbiy xizmatni o‘tayotgan 300 ga yaqin askar bo‘lgan. Shu bilan birga, bir oy oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin chaqiriluvchilar va zaxiradagi askarlar Ukrainadagi «harbiy operatsiyada» qatnashmasligiga va’da bergan edi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

11:47 / 03.06.2025
Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi

11:21 / 29.05.2025
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi

20:35 / 27.05.2025