Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlandi
Fransiya madaniyat vaziri O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga ushbu ordenni topshirdi.
Fransiya Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga «San’at va adabiyot» (Ordre des Ars et des Lettres) ordeni kavaleri nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati taqdirlash marosimidagi nutqida O‘zbekistonda madaniyat sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini e’tirof etib, bu Fransiya bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidlagan.
«Ushbu yuksak mukofot O‘zbekistonning xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va san’at sohasida global muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan sa’y-harakatlari va hissasining e’tirofidir. Hukumat, prezident ma’muriyati va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi, diplomatik korpus vakillari, madaniyat arboblari va xalqaro hamkorlar ishtirokida O‘zbekiston vakilining ushbu orden bilan taqdirlangani Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasi samaradorligining yorqin dalilidir», — deydi vazir Rashida Dati.
«San’at va adabiyot» ordeni kavaleri nishoni Fransiyada, shuningdek, butun dunyoda san’at va adabiyotning gullab-yashnashiga qo‘shgan xizmatlarini taqdirlash uchun har yili 60 ga yaqin kishiga beriladi.
Mavzuga oid
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026