AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Amerika senatorlarining yarmi Ukrainada tinchlik o‘rnatishdan bosh tortgani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini oldindan qo‘llab-quvvatladi. Parlament a’zolari Rossiya nefti va uranini sotib olgan barcha mamlakatlarga 500 foizlik yig‘im bilan tahdid qilmoqda.

Richard Blyumental va Lindsi Grehem Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko
AQSh Senatining 50 nafar a’zosidan iborat guruh, agar Ukrainadagi tinchlikdan bosh torsa, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqdagi press-reliz 1 aprel, seshanba kuni respublikachi senator Lindsi Grehem va demokrat senator Richard Blyumentalning saytlarida e’lon qilindi..
«Agar Rossiya Ukraina bilan uzoq muddatli tinchlik muzokaralaridan bosh torsa yoki tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng Ukraina suverenitetiga putur yetkazadigan harbiy aralashuvni o‘z ichiga oluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirsa, bu sanksiyalar qo‘llanadi. Qonun loyihasi, shuningdek, Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa mahsulotlarni sotib oluvchi davlatlar tovarlariga 500 foizlik tarifni joriy qiladi», deyiladi bayonotda.
«AQSh Senatida Rossiya tajovuzkor ekanligi, bu dahshatli urush va Putinning tajovuzkorligi hozirdan to‘xtatilishi va kelajakda tiyib turilishi kerak, degan mutlaq konsensus mavjud, - dedi Grehem va Blyumental. - Biz prezident Trampning Rossiyadan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi masalasi bo‘yicha hafsalasi pir bo‘lganini tushunamiz va uning barqaror, adolatli va munosib tinchlikka sodiqligini qo‘llab-quvvatlaymiz».
«Umid qilamizki, 2025 yilda prezident Tramp va uning jamoasi dunyo o‘tmishda erisha olmagan narsaga erishadi: Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligiga yakuniy chek qo‘yish va erkin va demokratik Ukrainani qo‘llab-quvvatlash», — deya xulosa qildi senatorlar.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin
Jahon | 23:24
-
9 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:18
-
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59
-
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

22:28
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

21:15
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi

19:40
Yevropa Ittifoqi Tramp bojlariga qaytariladigan javobni ma’qulladi

19:39