Ijtimoiy og‘ir 300 ta mahallada kichik quvvatli fotoelektr stansiyalari quriladi
Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi.

Foto: Kun.uz
«Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda hududlardagi iste’molchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga o‘tkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish maqsadi belgilandi.
Jumladan:
- iste’molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qo‘shimcha 74 mingdan ortiq obektda jami quvvati 785 MVt bo‘lgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejash;
- aholisi ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni tejash;
- budjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan.
2025 yilda «Yashil iqtisodiyotga» o‘tishni jadallashtirish doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, iste’molchilarni muqobil energiyaga o‘tkazish, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish dasturi tasdiqlanadi.
2025 yil 1 maygacha Energetika vaziriligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining «Yashil imtiyoz» axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
-
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi
O‘zbekiston | 18:30
-
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
Jahon | 18:27
-
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 18:24
Mavzuga oid

11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi

20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025