Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
“Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Qarorda quyidagilar maqsad qilingan:
- tuman hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi yerlarida ekin ekish va mahsulot yetishtirishni tashkil etish;
- chorvachilik uchun ozuqa ekinlar yetishtirish hajmini oshirish orqali go‘sht va sut mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash;
- yerdan samarali foydalanishni iqtisodiy mexanizmlar orqali rag‘batlantirish, aholi bandligi va turmush darajasini oshirish.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil hosilidan boshlab har yili paxtadan 50 sentner/gektar, g‘alladan 80 sentner/gektardan yuqori hosil olinganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelgusi yilda:
- ijaraga olingan jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni ekish kafolatlanadi;
- O‘zbekiston fermerlari kengashiga a’zolik badali paxta xomashyosi bo‘yicha birjada e’lon qilinadigan boshlang‘ich narxdan va donning shakllangan o‘rtacha narxidan 0,3 foiz miqdorida belgilanadi;
- yer solig‘ini hisoblashda bazaviy stavkada nisbatan mutanosib ravishda uch karragacha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklari yetishtirgan paxtani to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi. Bunda shartnomalar O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi axborot portalida tuzilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

10:03 / 01.05.2025