Rossiyaning Kriviy Rihga raketa zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Kriviy Rih rasmiylari Rossiya raketa zarbasi nishoni shahardagi korxonalardan biri bo‘lganini xabar qildi. Shuningdek, kamida 14 kishi yaralangani xabar qilingan.

Foto: Telegram / dnipropetrovskaODA
Kriviy Rihda 2 aprel, chorshanba kuni Rossiyaning raketa zarbasi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana kamida 14 nafar fuqaro jarohatlandi, deb xabar berdi Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak.
Dastlab 3 kishi — 29 yoshli ayol va 35 va 41 yoshli erkaklar yaralangani xabar qilingan. Ularning barchasi o‘rtacha og‘irlikda kasalxonaga yotqizilgan. Keyinchalik yaradorlar soni kamida 14 kishiga ko‘tarilib, raqam qayta ko‘rib chiqildi. Jabrlanganlar orasida 8 yoshli bola ham bor.
Kriviy Rih mudofaa kengashi rahbari Oleksandr Vilkulga ko‘ra, zarba fuqarolik infratuzilmasi obektiga ballistik raketa bilan berilgan. Aynan qaysi obekt haqida gap ketayotgani aniq aytilmagan. Bir qancha ko‘p qavatli turar joy binolari ham zarar ko‘rgan.
Kriviy Rih — Ukrainaning yirik sanoat markazi. Bu yerda bir qancha tog‘-kon, qayta ishlash va metallurgiya korxonalari joylashgan.
Bir kun oldin Rossiya qo‘shinlari Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, dron ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urilgan. Oqibatda besh kishi, jumladan, o‘n yoshli bola jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

18:53 / 07.06.2025
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik erkak sudlandi

13:16 / 07.06.2025
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22 / 07.06.2025
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

09:41 / 07.06.2025