Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Rossiya Ukrainadagi urushda 4000 dan ortiq tankni yo‘qotdi
Rossiya Federatsiyasining Ukrainada yo‘qotgan tanklari soni Qo‘shma Shtatlar ixtiyoridagi tanklar soniga deyarli teng. Bu ma’lumotlarni NATO kuchlarining Yevropadagi oliy qo‘mondoni general Kavoli ma’lum qildi.
AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda 4000 dan ortiq tankini yo‘qotgan. Bu raqam deyarli butun AQSh tank kontingentiga to‘g‘ri keladi, dedi NATOning Yevropadagi oliy qo‘mondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli 3 aprel, payshanba kuni AQSh Senatining qurolli kuchlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan eshituvda.
Kavoli senatorlarning AQSh Kiyevga harbiy yordamni, razvedka ma’lumotlarini almashish sohasida qo‘llab-quvvatlovni qisqartirishda davom etsa, bu Ukraina armiyasi uchun qanday oqibatlarga olib kelishi haqidagi savoliga javob qaytardi. «Bu, albatta, ularning jangovar qobiliyatiga tez va zararli ta’sir ko‘rsatadi», dedi u.
General Kavolining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Rossiya raketalarini tutib olishda AQSh ko‘magiga bog‘liq va Rossiya qo‘mondonlik punktlari va logistika obektlariga zarba berishda Amerika razvedkasi ma’lumotlariga muhtoj.
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaning asosiy ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda. Biroq sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatidan ko‘p miqdorda harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatilgach, uning vorisi Donald Tramp Ukraina bo‘yicha yo‘nalishini o‘zgartirdi, deb yozadi AFP. Yanvar oyida lavozimga kirishganidan beri u Moskva bilan kelishuvga erishmoqchi.
Mavzuga oid
08:02 / 06.04.2026
Type 96 dronlarga qarshi: Xitoyning 2500 ta tanki yangi himoya bilan jihozlandi
07:16 / 26.02.2026
Temir impuls: dunyoda tanklar soni bo‘yicha birinchi o‘rin kimda?
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025