Jahon | 09:52 / 04.04.2025
6350
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya armiyasi Xarkivga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor 

UUA zarbalari natijasida ko‘p qavatli uylar shikastlangan. Ayni damda uch kishi halok bo‘lgani va 32 kishi yaralangani ma’lum.

Foto: AP

Rossiya armiyasi 3 aprel, payshanba kuni kechqurun Xarkivning Novobavarskiy rayoniga dronlar bilan hujum qildi. Dronlar zarbalari oqibatida ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rgan. Ayni damda uch kishi halok bo‘lgani va 32 kishi, jumladan, bir bola yaralangani ma’lum.

Shahar meri Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar tagida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan vayronalarni tozalashda davom etmoqda.

4 aprelga o‘tar kechasi Dniproga ham Shahed tipidagi uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi. Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Sergey Lisak uch nafar qurbon haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, shahar tumanlaridan birida uy yonib ketgan, ma’muriy binolar zarar ko‘rgan.

Shuningdek, Kiyev va Zaporijjya viloyatlari rasmiylari dron hujumlari natijasida jabrlanganlar va talafotlar haqida xabar berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid