Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent va Pop tumanlarida ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya qilindi.
5-8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, quyidagi hududlarda qorko‘chish xavfi e’lon qilinadi:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumani tog‘li hududlarida, dengiz sathidan 2000 m balandlikda.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya qilinadi.
Mavzuga oid
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
17:37 / 04.06.2026