Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
Corleo to‘rtta robot oyoqqa ega bo‘lib, vodorodli dvigatel va manzilni aniqlaydigan, barqarorlikni ta’minlaydigan sun’iy intellekt (SI) bilan jihozlangan.

Foto: Corleo
Yaponiyaning Kawasaki kompaniyasi Osaka-Kansai Expo 2025 ko‘rgazmasida Corleo robot-ot konsepsiyasini taqdim etdi. Kompaniya uni shaxsiy harakatchanlikning kelajagi va ajoyib qobiliyatga ega inqilobiy yo‘ltanlamas deb atadi.
Qurilma vodorodli dvigatel va manzilni aniqlab, barqarorlikni ta’minlaydigan sun’iy intellekt (SI) bilan jihozlangan.
Corleo to‘rtta robot oyoqqa ega bo‘lib, bunda orqa oyoqlar oldingi oyoqlardan mustaqil ravishda yuqoriga va pastga harakatlana oladi. Ushbu dizayn yurish va yugurishda harakatlarni samarali barqarorlashtirish imkonini beradi. Qurilma chavandozning og‘irligini siljitish orqali boshqariladi.
«Bu shunchaki transport vositasi emas, balki har qanday relefda harakatlana oladigan, hatto qorli tog‘lardan sakrab o‘tadigan to‘rt oyoqli yo‘ltanlamas», deyiladi Kawasaki xabarida.
Kompaniya robot-ot imkoniyatlarini namoyish qiluvchi videorolikni e’lon qildi. Ko‘rinishidan, video qurilmaning funksionalligini aniq ifodalash uchun neyrotarmoq yordamida yaratilgan.
To‘rt oyoqning barchasi maxsus kauchukli «tuyoqlar» bilan jihozlangan bo‘lib, ular notekislikdan samarali o‘tadi va sirpanishga juda chidamli. Yana bir diqqatga sazovor xususiyat - vodorod darajasi, navigatsiya ma’lumotlari, tortishish markazining pozitsiyasi va boshqa muhim ma’lumotlarni aks ettiruvchi asboblar paneli.
Hozircha bu kompaniya tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lumotlar. Tezlik va avtonomiya haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan. Kawasaki robot-otni 2050 yilgacha chiqarishni reja qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i
O‘zbekiston | 15:59
-
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55
-
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:38
-
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 15:34
Mavzuga oid

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:48 / 22.04.2025
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi

22:43 / 15.04.2025