Zelenskiy: Tinchlikparvarlik missiyasini ishchi guruhlar tayyorlaydi
Ukraina, Buyuk Britaniya va Fransiya Bosh shtab boshliqlari darajasida o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasi muhokama qilindi. Ishchi guruhlar har hafta maslahatlashuvlarni davom ettiradi, dedi Zelenskiy.

Foto: AFP
Maxsus ishchi guruhlar Ukraina va Rossiya o‘rtasida tegishli kelishuv tuzilganidan keyin o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan xalqaro tinchlikparvar kuchlarni yaratish mexanizmini ishlab chiqadi. Bu guruhlar, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4 aprel, juma kuni Kiyevda Fransiya va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qilganidek, haftalik asosda ishlaydi. «Qayerda, qaysi joylarda — bu alohida muhokama qilinadi», deya qo‘shimcha qildi u.
Zelenskiy bir oy ichida tinchlikparvar kuchlarning «missiya infratuzilmasi tushunilishini» kutayotganini aytdi. «Biz yerda, osmonda va dengizda mavjudlik, shuningdek, havo hujumidan mudofaa masalalarini muhokama qilmoqdamiz. Va boshqa nozik narsalarni ham», — deya qayd etdi Ukraina prezidenti. Unga ko‘ra, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ukraina tomonidan Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Andrey Gnatov, prezident devoni rahbari o‘rinbosari Pavlo Palisa va mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Moysyuk ishtirok etgan.
Volodimir Zelenskiy Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish rejasini muhokama qilishda Fransiya va Buyuk Britaniyadan tashqari «ko‘plab boshqa davlatlar» ham ishtirok etayotganini ta’kidladi. «Raqamni hozircha aytmoqchi emasman, bu koalitsiya bo‘ladi», dedi u jurnalistlarga.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
O‘zbekiston | 08:40
-
Germaniyalik general: YeI AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini almashtira oladi
Jahon | 08:26
-
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:16
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
Mavzuga oid

11:09 / 05.06.2025
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligida o‘zgarishlar amalga oshirdi

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

14:23 / 03.06.2025
Volodimir Zelenskiy: harbiy asirlarning yangi almashinuviga tayyorlanyapmiz

10:41 / 03.06.2025