AQSh yadroviy xavfsizlik boshqarmasining 500 nafar xodimi ishdan bo‘shatiladi
Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti Energetika vazirligiga shu kabi ko‘rsatma bergan.

Foto: Getty Images
AQSh Energetika vazirligi Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti talabi bilan ishdan bo‘shatiladigan 8,5 ming xodimning ro‘yxatini tuzdi, deb yozmoqda Bloomberg.
Ro‘yxatga Milliy yadro xavfsizligi boshqarmasi (NNSA) tarkibidagi 3000 mutaxassisdan 500 nafari ham kiritilgan, ularning faoliyati «ikkinchi darajali» deb topilgan. Ammo ularning barchasi ishdan bo‘shatiladimi — bu hozircha noma’lum. Energetika vazirligi turli variantlarni ko‘rib chiqayotgani va yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini bildirgan. Ayni paytda vazirlikda 17,5 ming kishi ishlaydi.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, ishdan bo‘shatilish xavfi ostida qolgan mutaxassislar AQShning yadro raketalariga xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Kongress a’zosi Marsi Kaptur va senator Petti Myurrey bu holatdan xavotirda ekanini bildirdi. «Yadro qurollarining xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan ekspertlarning ishdan bo‘shatilishi ehtimoli nihoyatda tashvishli. Bunday xavfli qisqartishlar bo‘lmasligi kerak. Biz bu bema’nilikdan voz kechishga chaqiramiz,» — deyiladi ikki demokrat siyosatchining qo‘shma bayonotida.
Fevral oyida Tramp ma’muriyati Ilon Mask boshqaruvidagi departament tomonidan ishdan bo‘shatilgan yuzlab NNSA xodimlarini ishga qaytarishga majbur bo‘lgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ular yadro qurolini boshqarish, ishlab chiqarish obektlarida ishlash va pudratchilar ustidan nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Energetika vaziri Kris Rayt bu qisqartishni xato bo‘lganini tan olgandi. Shu bilan birga, u Jo Bayden ma’muriyati davrida vazirlik haddan tashqari kengayganini, endi esa bu muammoni hal qilishga to‘g‘ri kelayotganini aytgan. Energetika vazirligi faqat yadro qurolidan tashqari, gidroelektrostansiyalarni boshqarish, radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish, elektr tarmoqlari modernizatsiyasi va uylarni issiqlik izolyatsiyasiga grantlar ajratish kabi yo‘nalishlar bilan ham shug‘ullanadi.
2025 yil yanvarda Tramp prezidentlikka kirishganidan so‘ng tashkil etilgan Mask departamenti davlat sektoridan 75 ming xodimning qisqartirilishiga erishdi — ular avgust yoki sentabrgacha maosh olish sharti bilan ixtiyoriy tarzda ishdan bo‘shagan. Bu hokimiyat organlari xodimlarining qariyb 4 foizini tashkil etadi. The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, federal agentliklarning yana minglab xodimlari shu kabi shartlar taklif qilingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025