BMT Rossiyaning Kriviy Rigga hujumini keskin qoraladi
Rossiya armiyasining 4 aprel kuni Kriviy Rig shahriga bergan raketa zarbasi Ukrainadagi urushdan keyingi eng yirik bolalar o‘limi bo‘ldi, deb xabar qildi BMT. U yerda Rossiya ehtimoliy harbiy jinoyatda ayblandi.

Foto: AP / Scanpix
Rossiya armiyasining 4 aprel kuni Kriviy Rigga bergan zarbasi Ukrainadagi urushda bolalarga qarshi qaratilgan eng yirik hujum bo‘ldi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkning 6 aprel, yakshanba kuni chop etilgan bayonotida aytilgan.
Unga ko‘ra, 5 aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi komissiyasi hujum joyiga tashrif buyurib, zararni hujjatlashtirdi va halok bo‘lgan to‘qqiz nafar bolaning ismlarini aniqladi. Ayni paytda BMT mutaxassislari ma’lumot yig‘ishda davom etmoqda. «Oliy komissar boshqarmasi yuzlab parchalar binolarga, bolalar o‘yingohlariga, shuningdek, daraxtlar va yerga yetkazgan zararni hujjatlashtirdi», — deyiladi bayonotda.
«Bu 2022 yil fevralida keng miqyosli bosqin boshlanganidan beri Oliy komissar boshqarmasi tasdiqlagan bolalarga qarshi eng qonli hujumdir», — deyiladi bayonotda.
«Tasavvur qilib bo‘lmaydigan dahshat – to‘qqiz nafar bola halok bo‘ldi, ularning aksariyati parkda o‘ynab yurgan payti, tepasida harbiy qurol parchalari portlab ketdi, - dedi Turk. - Kriviy Rigda iliq juma oqshomida oilalar bolalar maydonchasi, restoran va ko‘p qavatli uylar yonida to‘plangan paytda portlash 18 kishining hayotiga zomin bo‘ldi».
Tavsiya etamiz
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalarga viza suhbatlarini to‘xtatgan AQSh, Isroilni tanqid qilgan kansler va Hayit kunini e’lon qilgan Saudiya – kun dayjesti
Jahon | 13:40
-
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi
Jamiyat | 13:21
-
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
Jahon | 13:11
-
O‘zbekistonning YeIdagi missiyasi rahbari Yevrokomissiya raisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 12:56
Mavzuga oid

13:11
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda

10:23
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

21:34 / 27.05.2025