Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi
U Turkiya prezidentini «xunta prezidenti» deb atagan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) yetakchisi O‘zg‘ur O‘zel ustidan tuhmat yuzasidan sudga murojaat qildi. O‘zel mitingda Erdo‘g‘anni «xunta prezidenti» deb atagan edi.
Erdo‘g‘an advokati Husayn Oydin so‘zlariga ko‘ra, O‘zeldan 500 ming turk lirasi (taxminan 13 ming dollar) miqdorida ma’naviy zarar tovon puli so‘ralmoqda.
O‘zg‘ur O‘zel o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan partiyaning navbatdagi qurultoyida CHP yetakchisi etib saylangan edi. 6 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mitingda u Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi haqida gapirib, buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi. Erdo‘g‘an haqida esa «xunta prezidenti» dedi.
Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlayotgan siyosatchilar, o‘z navbatida, muxolifat partiyasi va O‘zelni xunta deb atadi. Hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi O‘mer Chelik O‘zelni «yomon niyatli siyosiy jaholatda» aybladi.
Turkiya mart oyidan beri amaldagi prezidentning asosiy raqiblaridan biri sanalgan Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi tufayli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz girdobida. Siyosatchining hibsga olinishi butun mamlakat bo‘ylab ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. O‘zel yaqinda bo‘lib o‘tgan partiya qurultoyida muxolifat namoyishlarda qatnashishda davom etishga va’da berdi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
16:20 / 26.05.2026