O‘zbekiston fuqarolari Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etiladi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Oltoy o‘lkasi hukumati rahbariyati va salohiyatli ish beruvchilar bilan onlayn muzokara o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Unda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Oltoy o‘lkasi mehnat va aholi bandligini ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari, "Tselina", "Rikon" AJ, "Aleyskzernoprodukt" AJ, "Agrofirm Harvest" mas’uliyati cheklangan jamiyati, shuningdek, hududning Zonal tumani hokimligi qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va boshqa shu kabi yetakchi kompaniya, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Oltoy o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari, Rossiyaning ushbu mintaqa bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish vaziri Yevgeniy Deshevix fuqarolarni o‘lkaning turli korxonalarida mehnatga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, 2024 yil oxirida Oltoy o‘lkasida ishlash uchun taklif qilingan 11 ming xorijiy ishchining olti mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolaridir.
O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov, o‘z navbatida, vatandoshlarni mazkur hudud korxonalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida ish bilan ta’minlash masalasi muhimligini ta’kidladi. Yurtdoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, Oltoy ish beruvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining barcha shartlariga qat’iy rioya etishga alohida e’tibor qaratildi.
Oltoy o‘lkasi mehnat va bandlik boshqarmasi vakillari mamlakatimizdan mehnat muhojirlarini qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo va boshqa sohalarga jalb etishga imkoniyatlar borligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda berilgan mehnat patentlarining uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tomonlar O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi bosqichida mamlakat fuqarolarini Rossiyaning ushbu hududidagi turli korxonalarga ishga jalb etishga alohida e’tibor qaratishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

10:49 / 14.04.2025