Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
Majburiy ijro byurosi statistikasiga ko‘ra, bu 2025 yil uchun hozircha rekord hisoblanadi.
Toshkent shahrida ota hali 1 yoshga to‘lmagan farzandining 18 yoshga to‘lgunga qadar ta’minoti uchun alimentni oldindan to‘lab berdi. Bu haqda Kun.uz’ga Majburiy ijro byurosi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, MIBning Yashnobod tuman bo‘limiga mazkur ishning ijro hujjati kelib tushgan. Davlat ijrochilarning ota bilan suhbatlari natijasida u hali 1 yoshga ham to‘lmagan farzandi uchun voyaga yetgunga qadar alimentni to‘lash niyatini bildirgan.
Shundan so‘ng aliment pullari otaga hisoblab berilgan. Farzand ta’minoti uchun 18 yoshga to‘lguncha berilishi kerak bo‘lgan summa esa 1 mlrd 780 mln so‘mni tashklil qilgan. Erkak bu summani oldindan to‘lab bergani sababli ijro hujjati amalda tamomlangan.
Avvalroq Toshkent viloyatida ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘lab bergani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:38 / 26.05.2026