Yevropa Ittifoqi Tramp bojlariga qaytariladigan javobni ma’qulladi
Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan davlatlar 9 aprel, chorshanba kuni Yevropa komissiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga nisbatan savdo aksilchoralari joriy qilish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.

Foto: The Hindu
Bloombergʼning yozishicha, Yevropa komissiyasi tomonidan taqdim etilgan taklif AQShning mart oyida e’lon qilgan Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etish qaroriga javoban ishlab chiqilgan.
Hozircha Yevropa komissiyasi AQShga nisbatan joriy etiladigan boj choralarining aniq tafsilotlarini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, OAV xabarlariga ko‘ra, ularning qiymati 21–22 milliard yevroga teng tovarlarni qamrab oladi. Jumladan, soya dukkaklari, mototsikllar va apelsin sharbati — ya’ni asosan AQShdagi respublikachi shtatlar bilan bog‘liq mahsulotlar.
Yevropa Ittifoqining ushbu bojlari 15 apreldan boshlab amalga kiritiladi. Bungacha qarorni yuridik rasmiylashtirish jarayonlari yakunlanadi va u rasman e’lon qilinadi.
«YeI Amerika bojlarini asossiz va zararli, har ikki tomonga, shuningdek, jahon iqtisodiyotiga ham iqtisodiy zarar yetkazuvchi deb hisoblaydi. YeI AQSh bilan muzokaralar orqali muvozanatli va o‘zaro foyda keltiradigan yechimlarga erishishni afzal ko‘rishini aniq bayon qilgan», — deyiladi Yevropa komissiyasi bayonotida.
Shuningdek, Yevropa tomoni agar AQSh adolatli va muvozanatli muzokara natijasiga rozi bo‘lsa o‘z aksilchoralarini «istalgan vaqt to‘xtatishga tayyor ekani»ni ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, hozircha Yevropa Ittifoqining ushbu aksilchoralari Tramp tomonidan 9 apreldan kuchga kirgan YeI eksportiga nisbatan joriy qilingan 20 foizlik «o‘zaro» bojlar va yaqinda e’lon qilingan 25 foizlik avtomobil bojlarini qamrab olmaydi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Humans bizning mobil tarmoqdan foydalanib daromad topsa-da, xarajatlarini to‘lamayapti» - «O‘zbektelekom»
Iqtisodiyot | 12:21
-
Sifat hujjati bo‘lmagan dorilarni sotayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 12:10
-
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi
Jamiyat | 12:00
-
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 11:35
Mavzuga oid

09:11
Tramp 12 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqladi

23:40 / 04.06.2025
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml

22:24 / 04.06.2025
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp

18:15 / 04.06.2025