Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi
24 yoshli yigit avvaliga o‘z akasini o‘ldirib, murdani bo‘laklarga bo‘lgan holda Qoraqamish kanaliga tashlab yuborgan. So‘ngra ushbu jinoyatini yashirish maqsadida marhum akasining homilador turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan. U sud hukmi bilan 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida qotillik jinoyatini sodir qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi. Kun.uz muxbiri sud majlisida qatnashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli yigit marhum akasi bilan xonadon masalasida nizolashgan. Marhum aka nizoni hal qilish maqsadida ukasi bilan gaplashib olishga kelishgan. Ular 2024 yil 10 oktyabr kuni sudlanuvchining nomida bo‘lgan, ammo akasining qarshiligi tufayli yashay olmayotgan xonadonda ko‘rishgan.
Suhbat davomida sudlanuvchi akasi o‘zining Yunusoboddagi uyini ijaraga berib, oilasi bilan ushbu xonadonga ko‘chib kelishini tushungan. Bundan tashqari, marhum sudlanuvchining o‘gay singlisini haqoratlagan. Shundan so‘ng yigit o‘ch olish va mulkini saqlab qolish uchun gantel bilan akasining bosh qismiga bir necha marotaba urib, uni o‘ldirgan. So‘ngra marhumning bozor qiymati 2 mln so‘m bo‘lgan telefonini hamda Yunusoboddagi uy kalitini olib, hodisa joyidan ketgan.
Qotil yangasi bu voqeadan xabar topmasidan oldin, uni ham o‘ldirishga kirishgan. Shu kuni soat 22:00 larda Yunusobod tumani Markaz 5-dahasida marhum yashab kelgan xonadonga borib, yangasining yuziga bir necha marta urib hushidan ketkazgan va qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Qotil marhumaning 5 oylik homilasiga ham qaramagan. Shundan keyin u yangasining telefoni va uydagi televizorni olgan, xonadonni tashqarida qulflab, voqea joyidan yashiringan.
Qotil uka oradan 4 kun o‘tib, ya’ni 14 oktyabr kuni tungi soat 02:30 larda akasining jasadi qolgan Olmazor tumanidagi xonadonga kelgan.
“Qayerdandir qo‘limga pichoq tushib qoldi, akamning 2 ta oyog‘ini tos qismidan bo‘lib tashladim. U yoqdan-bu yoqqa chiqib yuribman. Nima qidirayotganimni bilmadim. Oshxonaga qarasam, oyoqlarini bo‘lib qo‘ygan ekanman. Qo‘rqib ketdim. Ichki ishlarga xabar bermadim. Keyin murdani yo‘qotmoqchi bo‘lib, qora paketga soldim va Qoraqamishdagi kanalga tashlab yubordim”, deydi sudlanuvchi.
Marhuma ayolning qarindoshlariga ko‘ra, sudlanuvchi yangasining telefonini olib, uning yaqinlariga marhuma nomidan turli xabarnomalar yozib turgan. Lekin marhumaning opasi yozayotgan odam singlisi emasligini bilib qolgan.
Sud majlisida prokuror sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi tayinlashni so‘radi. Advokat esa marhum sudlanuvchining singlisini haqoratlaganini, o‘zini esa kaltaklaganini, shundan keyin sudlanuvchi himoya pozitsiyasiga o‘tib shu ishga qo‘l urganini bildirdi. Yigit aybiga iqrorlik bildirib, suddan yengillik so‘radi.
Sudya Alisher Turg‘unov tomonlarni eshitib, sudlanuvchiga hukm o‘qidi. Unga 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoning 4 yilini turmaga qamash tartibida o‘tattirish belgilandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Dilorom Omonullayeva vafot etdi
O‘zbekiston | 19:26
-
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 18:46
-
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi
Jahon | 18:39
-
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston | 18:24
Mavzuga oid

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

20:26 / 29.05.2025
54 kun qidirilgan murda: navoiylik oshiq-ma’shuq qotillar

18:37 / 29.05.2025