Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
Reytingda birinchi o‘rin Singapurdagi Changi aeroportiga nasib etdi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Qatardagi Hamad va Tokio xalqaro aeroportlari ham o‘rin oldi.

Foto: AP
Buyuk Britaniyaning dunyo aviakompaniyalari va aeroportlarini baholash bilan shug‘ullanuvchi Skytrax kompaniyasi 2025 yilning eng yaxshi aeroportlari reytingini e’lon qildi.
Dunyoning eng yaxshi 20 ta havo bandargohi o‘rin olgan reytingda birinchi o‘rin Singapurdagi Changi aeroportiga nasib etdi. Qayd etilishicha, Changi reytingda 13-marotaba birinchilikni egallamoqda. Ushbu aeroportning ustun jihatlaridan biri — yo‘lovchilar bagajlarini parvozdan 48 soat oldin topshirishlari mumkin.
Shuningdek, aeroport infratuzilmasi ham alohida e’tirof etilgan. U yerda savdo markazi, ko‘plab yopiq bog‘lar, jumladan, kapalaklar markazi va dunyodagi eng katta sharshara mavjud. Aeroportda spa-salonlar, mehmonxonalar, badiiy san’at asarlari ko‘rgazmalari, muzey, kinoteatr va dinozavrlarning tematik bog‘i joylashgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Qatarning Hamad xalqaro aeroporti egalladi. Bundan tashqari, u aeroportdagi eng yaxshi shoping va Yaqin Sharqdagi eng yaxshi aeroport yo‘nalishlarida ham mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Reytingdagi 3-6-o‘rinlarni Osiyodagi aeroportlar egallagan. «Bu mintaqa havo transportini takomillashtirish masalasida Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirayotganini anglatadi», — deyiladi xabarda.
Tokio xalqaro aeroporti uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilib, dunyodagi eng toza aeroport sifatida tan olingan. Undan keyingi o‘rinlarni Seuldagi Inchhon, Tokioning sharqiy qismidagi Narita va Hongkong aeroportlari egalladi.
Top-20 aeroportlar qatoriga Yevropaning to‘qqizta havo bandargohi kiritildi. Parijdagi Sharl de Goll aeroporti ketma-ket uchinchi yil Yevropaning eng yaxshi aeroporti deya tan olinmoqda.
Istanbul aeroporti esa oilaviy sayohatlar uchun eng qulay aeroport sifatida reytingda 14-o‘rinni egalladi. Shuningdek, ro‘yxatdan Vankuver, Vena, Melburn, Tyubu, Kopengagen, Amsterdam va Bahrayn aeroportlari ham o‘rin oldi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyada muzlik ko‘chishi oqibatida deyarli butun bir qishloq vayron bo‘ldi
Jahon | 19:50
-
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 19:44
-
Peterburgda xorijliklarga taksichi va kurer sifatida ishlash taqiqlanishi mumkin
Jahon | 19:33
-
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi
Jahon | 19:31
Mavzuga oid

14:20 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025