Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi
Ironwood nomini olgan bitta chip soniyasiga 4,614 trln operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Bu dunyodagi eng kuchli El Capitan superkompyuteridan 24 barobar tez demak.

Foto: AP
Google sun’iy intellekt uchun Ironwood nomli yangi protsessorni taqdim etdi. Ushbu chip kompaniyaning tenzor protsessorlari orasida eng kuchlisi hisoblanadi. Ironwood Gemini kabi ilg‘or sun’iy intellekt modellari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
Ironwood’ning bitta chipi soniyasiga 4,614 trillion operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Bu turdagi chiplardan 9216 tasi yagona klasterga birlashtirilsa, quvvati 42,5 ekzaflopsga teng tizim paydo bo‘ladi. Bu dunyodagi eng kuchli El Capitan superkompyuteridan 24 barobar tez demak.
«Uning ko‘lamini tushunish uchun Yerdagi har bir inson bir vaqtda soniyasiga 5000 tadan matematik masalani yechayotgandek tasavvur qiling. Sun’iy intellekt bilan ishlashda endi shunday hisoblash hujjati mavjud», — deyiladi xabarda.
Ammo Ironwood — bu shunchaki tezlik emas. Google chipdagi xotira hajmini 192 gibabaytga qadar oshirgan. Bu oldingi avlod tenzor protsessorlardan olti barobarga ko‘p. Shuningdek, chiplar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi ham yaxshilangan. Endilikda u soniyasiga 1,2 terabitni tashkil etmoqda.
Ironwood sun’iy intellekt modellariga murakkab mantiqiy vazifalarni bajarishda yordam beradi. Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ularning ichida yashirin va aniqlash qiyin bo‘lgan bog‘liqliklarni topa oladi. Bu fan, tibbiyot, biznes va boshqa sohalarda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Google Ironwood’ga kirishni bulutli servis orqali taqdim etishni rejalashtirmoqda. Dasturchilar ushbu quvvatdan ilg‘or sun’iy intellekt ilovalarini yaratish uchun foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ikki xil konfiguratsiya taqdim etiladi: kichik vazifalar uchun 256 chipdan iborat klaster va eng murakkab loyihalar uchun 9 216 chipli to‘liq klaster.
Ta’kidlanishicha, Ironwood nafaqat kuchli, balki energiya tejamkor hamdir — u avvalgi avlod chiplar bilan solishtirganda har bir ish unumdorlik birligi uchun ikki barobar kam energiya iste’mol qiladi. Ironwood 2025 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
Mavzuga oid

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi

19:21 / 27.05.2025