Tramp Xitoy uchun bojlarni 145 foizgacha oshirdi
Amerikaning Xitoyga import bojlari 125 foiz emas, 145 foizni tashkil etadi, deya tushuntirdi Oq uy. Avvalroq Pekin AQShga nisbatan bojlarni 84 foizga oshirgan edi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga import bojlarini avval xabar qilinganidan ko‘ra ko‘proq oshirdi: Oq uyning 10 aprel, payshanba kuni tushuntirganidek, bir kun avval e’lon qilingan 125 foiz mart oyida joriy qilingan 20 foizga qo‘shilishi kerak, deya xabar bermoqda G‘arb axborot agentliklari va OAV. Shunday qilib, Xitoy uchun jami tariflar 145 foizni tashkil qiladi.
Tramp yig‘imlarning oshishini Pekinning fentanil narkotiki savdosiga oid harakatsizligi bilan izohladi. Shuningdek, u Pekinni jahon bozorlariga «yetarlicha hurmat ko‘rsatmayotganlikda» aybladi.
Avvalroq, Xitoydan keladigan tovarlarga bojlar ikki baravar oshirilib, 20 foizga ko‘tarilishi munosabati bilan Pekin AQShdan import qilinadigan tovarlarga bojlar 34 foizdan 84 foizga oshishini e’lon qilgan edi.
So‘nggi haftalarda Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan turli tovarlarga bir qator savdo tariflarini joriy qildi. 9 aprel kuni AQSh prezidenti aksariyat davlatlar uchun bojxona to‘lovlarini 90 kunga to‘xtatdi, biroq bu qadam Xitoyga ta’sir qilmadi. Aksincha, Xitoy uchun 125 foizlik tariflar e’lon qilindi.
Mavzuga oid

13:32 / 21.05.2025
“Bu avvalgi G7 emas” - Amerikaning do‘stlari Vashington bilan bojlar masalasida kelishuvga erishmoqchi

23:35 / 20.05.2025
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi

22:28 / 20.05.2025
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?

20:16 / 20.05.2025