Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi
Tehron va Vashington vakillari alohida xonalarda o‘tirdi, Ummon vositachilari orqali xabar almashildi.

Foto: Getty Images/ugurhan
AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff korteji Ummon poytaxti Maskatdagi Eron bilan muzokaralar joyidan chiqib ketdi, deb xabar berdi AP. Bu haqda Meduza yozdi.
Eron va AQSh delegatsiyalarining Ummondagi muzokaralari yakunlandi, deb xabar berdi Tasnim agentligi. Muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprel kuni yana Ummonda bo‘lib o‘tadi.
Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy, Amerika delegatsiyasiga esa AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff boshchilik qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy so‘zlariga ko‘ra, Tehron va Vashington vakillari alohida xonalarda o‘tirdi, Ummon vositachilari orqali xabar almashildi.
«Muzokaralar mintaqadagi keskinlikni yumshatish, mahbuslarni almashish va Eron yadroviy dasturi ustidan nazorat o‘rnatish evaziga [Eronga qarshi] sanksiyalarni yumshatish bo‘yicha cheklangan kelishuvlarga e’tibor qaratdi», dedi ummonlik manba.
Muzokaralar oldidan Aroqchiy Maskatda Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy bilan uchrashib, «Tehronning Amerika tomoniga yetkazilishi kerak bo‘lgan asosiy nuqtalari va pozitsiyalarini» taqdim etdi.
Avvalroq, Eron AQSh bilan muzokaralarda muvaqqat yadroviy bitimni muhokama qilishni taklif etishi mumkinligi aytilgan edi. Eron rasmiylari AQSh prezidenti Donald Tramp ta’kidlaganidek, texnik jihatdan murakkab keng qamrovli bitim ikki oy ichida kelishib olinishi mumkinligiga shubha qilmoqda.
2019 yilda AQSh avvalgi yadroviy kelishuvdan chiqqanidan keyin Eron yadroviy tadqiqotlarni qayta boshlagan edi. AQSh razvedkasi Eron bir necha oy ichida yadro qurolini yaratishi mumkinligiga ishonadi. Tramp Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga qarshi ekanini aytgan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
O‘zbekiston TIV AQShdagi vatandoshlarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi
O‘zbekiston | 21:44
-
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi
O‘zbekiston | 21:35
-
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 21:30
Mavzuga oid

22:38
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

21:09
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20