Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
Yangi qoidalar PFAS sintetik flororganik birikmalar guruhidan foydalanishni taqiqlaydi.
Foto: AP
Yevropa Ittifoqi o‘yinchoqlar savdosidagi xavfsizlik qoidalarini kuchaytirmoqda va tarkibida o‘sish gormonlarini buzuvchi va tug‘ilishga zarar yetkazuvchi kimyoviy moddalar bo‘lganlarini sotishni taqiqlamoqda. Bu haqda 11 aprel, juma kuni dpa va AFP agentliklari xabar berdi.
Gap birinchi navbatda gormonal muvozanatni buzadigan va asab, nafas olish va immunitet tizimlariga zarar yetkazadigan bir qator kimyoviy moddalar haqida ketyapti.
Yangi qoidalar PFAS sintetik flororganik birikmalar guruhidan foydalanishni taqiqlaydi. Ular faqat elektron komponentlarda, agar ular bolalar qo‘li yetmaydigan joylarda joylashgan bo‘lsa, ishlatilishi mumkin.
Qoidalar, shuningdek, kanserogen, mutagen va reproduktiv tizimlar uchun toksik bo‘lgan (CMR) bir qator kimyoviy moddalarga nisbatan mavjud taqiqlarni kengaytiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular, xususan, vaqt o‘tishi bilan sog‘liqning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
«Ushbu kimyoviy moddalar bolalar uchun ayniqsa zararli, chunki ular gormonal buzilish, kognitiv rivojlanishga zarar yetkazishi yoki umuman ularning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin», deya ma’lum qildi Yevropa komissiyasi.
Mavzuga oid
07:45 / 09.04.2026
Infografika: Xitoy qarzi YeIni ortda qoldirdi
11:06 / 06.04.2026
"Rossiya NATO bilan cheklanmaydi"- siyosatshunos
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
10:20 / 23.03.2026