Bundan avvalroq Toshkent shahrida 5 aprel kuni yuqori tezlikda harakatlangan Malibu haydovchisi YPX xodimini “kapot” ustida sudrab ketgani xabar qilingandi.
Toshkentda raqamsiz Spark haydovchisi YPX xodimlaridan qochdi
Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati YPX xodimi haydovchiga qo‘l ko‘targani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari yosh yigitni kuch bilan xizmat mashinasiga o‘tirg‘izayotgani aks etgan video tarqaldi, kadrlarda xodimlardan biri fuqaroning boshiga urgani ko‘ringan.
Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, holat 11 aprel kuni soat 23:50 larda Toshkent shahrida ro‘y bergan.
O‘sha kuni YPX xodimlari davlat raqam belgisisiz, noqonuniy ravishda «migalka» o‘rnatib, ularni yoqib olgan Spark avtomashinasiga to‘xtash ishorasini bergan.
Haydovchi xodimlarning ko‘rsatmasiga amal qilmasdan, harakatini davom ettirgan. U bir necha bor svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmay harakatlanib, o‘zining va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati e’lon qilgan videoda esa YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan haydovchi ogohlantirishga qaramay, transport vositasidan tushmagani, natijada uning boshqaruvidagi Spark avtomashinasining old oynasi inspektorlar tomonidan sindirilganini ko‘rish mumkin.
Hozirda haydovchining javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, YPX xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Avtomashina esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi
Jahon | 18:41
-
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi
Jahon | 18:35
-
Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi
Jahon | 18:32
Mavzuga oid

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

00:24 / 29.04.2025
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

22:40 / 28.04.2025
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

12:46 / 28.04.2025