Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordenining «Ofitser» darajasi bilan taqdirlandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, davlat rahbari huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Abdulaziz Komilov «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni ofitseri» (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu haqda Italiya prezidenti bosh kotibiyatining Gazzetta Ufficiale hukumat gazetasining rasmiy saytida e’lon qilingan press-relizda ma’lum qilindi.
Ro‘yxatga Italiya va xorijiy davlatlardagi boshqa taniqli shaxslar ham kiritilgan.
Italiyaning Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni oliy davlat mukofoti bo‘lib, 1951 yil 3 martda ta’sis etilgan. U adabiyot, san’at, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi salmoqli xizmatlari uchun Italiya fuqarolari va xorijliklarni taqdirlashga mo‘ljallangan. Mukofot Italiya prezidenti tomonidan vazirlar kengashi raisining roziligi bilan odatda yiliga ikki marta: 2 iyun (Respublika tashkil topgan kun) va 27 dekabr (Konstitutsiya kuni)da beriladi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:21
-
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi
Jahon | 11:13
-
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 11:11
-
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
O‘zbekiston | 11:02
Mavzuga oid

15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

11:51 / 21.04.2025